
Qayd etilishicha, ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olga Yarilova, VGIK rektori Vladirmir Malishev va boshqa kinomutaxassislar ishtirok etishdi.

Agentlik Bosh direktori ochilish marosimida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali ochilishi haqida so‘zladi:
— 2021-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori eʼlon qilindi. Aytish joizki, bu qarorning imzolanishi mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi va kinematografiya rivojida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, filialda talabalar “dramaturgiya” va “kinoprodyuserlik” yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olishadi. Kinematografiya agentligi hududida VGIK filiali uchun alohida bino ajratilgan bo‘lib, kelajakda filial faoliyatini yana-da kengaytirish rejalashtirilgan.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning VGIK bilan hamkorlikni rivojlantirish tashabbusi sabab Kinematografiya agentligi va ushbu institut o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 2020-yilda 7 ta o‘zbekistonlik yoshlar VGIKga o‘qishga kirgan bo‘lsa, joriy yilda talabalar soni 15 taga yetdi.

Ochilish marosimi O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.








Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etilgani, O‘zbekiston kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishilgani, Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani, Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani hamda turkiyalik kinoijodkor Erkan Kolçak Köstendil ham yurtimizga kelishi haqida xabar berilgandi.


