1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Buxoroda tuproq bosib, vafot etgan ishchilarning ikkisi ham yosh bo‘lgan

Ularning biri 21, ikkinchisi esa 22 yoshli yigitlar ekani aniqlandi.

Buxoroda tuproq bosib, vafot etgan ishchilarning ikkisi ham yosh bo‘lgan

 

Avvalroq Buxoroda "61-Avtokorxona”ning ikki nafar ishchisini tuproq va qum bosib qolishi haqida xabar bergan edik.

 

Viloyat IIB axborot xizmati mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqqan Buxoro viloyati Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Kogon shahar prokuraturasi, viloyat IIB va Kogon shahar IIB masʼul rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tomonidan holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, halok bo‘lgan fuqarolarning biri 21 yoshda, ikkinchisi esa 22 yoshda bo‘lgan.


Jabrlanuvchilarning jasadlari viloyat FVB xodimlari tomonidan qum uyumi ostidan olib chiqilib, sud-tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan.



Mazkur holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi binolar qum bo‘roniga dosh berolmagani, Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan 5 nafar fuqaro qutqarilgani hamda Xorazmda 82 yoshli onaxon kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика