Collins lug‘ati 2023-yilda keng qo‘llaniladigan so‘z sifatida AI (artificial intellect - sunʼiy intellekt) qisqartmasini tanladi.
"Bu yil asosiy eʼtibor sunʼiy intellektga, uning qanday qilib elektron pochta, striming yoki boshqa har qanday futuristik va kundalik texnologiyalar kabi hayotimizning bir qismiga aylanganligiga qaratildi", — dedi Collins Dictionary boshqaruvchi direktori Aleks Bikroft.
Lug‘at tuzuvchilarning taʼkidlashicha, yil so‘zi 20 milliarddan ortiq so‘zdan iborat Collins Corpus maʼlumotlar bazasi tahlili natijasida tanlangan. Unda butun dunyo bo‘ylab veb-saytlar, gazetalar, jurnallar va kitoblarda chop etilgan materiallar, shuningdek, radio va televideniye eshittirishlari va kundalik suhbatlardan olingan so‘zlar mavjud.
Collins Dictionary tomonidan 2023-yilda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ro‘yxatiga, shuningdek, quyidagi so‘zlar kiritilgan:
Nepo baby — ota-onasining izidan boradigan mashhur odamlarning farzandlari;
Greedflation — greed (ochko‘zlik) va inflation (inflyatsiya) so‘zlaridan olingan — kompaniyalarning inflyatsiyani o‘z daromadlarini oshirish uchun narxlarni sunʼiy ravishda oshirishga bahona qilishi.


