1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davron Kabulovning otasi sud qilindi

Unga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Davron Kabulovning otasi sud qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, uning otasi Ravshan Kabulovga tegishli mehmonxona 1,5 yil davomida gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan.

 

Bosh prokuratura maʼlumotiga ko‘ra, mehmonxona 344 mln 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 

Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra, Ravshan Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.

 

Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali foydasiga undirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика