1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga Asrorjon Asqarov qo‘yilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yangi rahbar tayinlandi

Asrorjon Akramovich Asqarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

 

Asqarov bunga qadar AJ boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Asrorjon Asqarov 1978 yilda tug‘ilgan. 2001 yilda Farg‘ona politexnika instituti, 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2009 yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

 

HETni 2019 yildan buyon boshqarib kelgan Ulug‘bek Mustafoyev 19 dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика