22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” jamoasiga nisbatan sud qarori ijrosi taʼminlanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Jamoaning tadbirkorni firibgarlik yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirgani maʼlum bo‘ldi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 07.05.2021 yildagi daʼvogar C.C. ning javobgarlar (Dizayn jamoasi vakillari) d.M., Q.K., A.M. va s.F.ga nisbatan pul mablag‘larini va foiz summasini undirish haqidagi daʼvo arizasiga asosan daʼvogar C.C. ning foydasiga solidar tartibda 315.815.400 so‘m pul mablag‘lari, 7.389.215 so‘m foiz summasi, 12.928.184 so‘m davlat boji, jami 336.132.799 so‘m undirish bo‘yicha ijro varaqasi 2021 yilning 16-17 dekabr kunlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga hududiy tuman bo‘limlariga yuborilgan.
Qarzdor C.F. ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, uning hech qayerda ishlamayotganligi aniqlanib, nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qo‘yilgan.
Shuningdek, bo‘limi tomonidan 22.12.2021 yilda ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini to‘liq taʼminlanishi uchun qarzdor C.F. ning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, Toshkent shahar IIB YXXB boshlig‘iga harakatda bo‘lgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylashtirish bo‘yicha qarori qabul qilingan.
Bundan tashqari, mazkur jamoaning boshqa aʼzolari qarzdor M.A.ning ham yashash manzili Yunusobod tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgan. 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atish hamda Qonunning 421-moddasiga asosan javobgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan.
Xususan, qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, Qonunning 21, 87-moddasiga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, javobgarning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun barcha taqiqlar qo‘yilgan.
Qarzdor Q.K.ning yashash manzili Chilonzor tumanida bo‘lganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Chilonzor tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Qarzdorga nisbatan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegishli 2 ta avtotransport vositasiga va 1 ta ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev yana “sud oktagoni”ga ko‘tarilgani hamda Yulduz Usmonova sudda yutqazgani va 185 million so‘m jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


