1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Donald Tramp Jo Baydenni Amerika xalqidan kechirim so‘rashga chaqirdi

Donald Tramp Jo Baydenni Amerika xalqidan kechirim so‘rashga chaqirdi.

Donald Tramp Jo Baydenni Amerika xalqidan kechirim so‘rashga chaqirdi

 

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp  amaldagi davlat rahbari Jo Baydenni Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketgani uchun kechirim so‘rashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” agentligi siyosatchining bayonotiga asoslanib xabar bergan.

 

"Jo Bayden 85 milliard dollarlik harbiy texnikaning radikal “Tolibon” qo‘liga o‘tishiga yo‘l qo‘ygani uchun Amerikadan kechirim so‘rashi kerak", — deydi Tramp.

 

Bundan avval  “Fox News” telekanalida Tramp Bayden boshchiligida AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketishini "mamlakat uchun eng katta xo‘rlik" , deb atagan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketgach, “Tolibon” mamlakatda hokimiyatni qo‘lga oldi.

 

 Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика