Oxirgi bir sutka ichida ikkinchi marta Myunxen aeroportidagi ikkala uchish-qo‘nish yo‘lagi kelib chiqishi nomaʼlum dronlar kuzatilgani tufayli yopildi, deya xabar bermoqda BBC nashri.
Aeroport maʼmuriyati bayonotida aytilishicha, Germaniya aviatsiya boshqaruvchilari dronlar aniqlangani sababli ehtiyot chorasi sifatida Myunxen aeroportidagi parvozlarni cheklagan. Parvozlar “keyingi ogohlantirish”gacha to‘xtatilgan. Bu taxminan 6,5 ming nafar yo‘lovchiga taʼsir qilgan.
Payshanba kuni kechqurun ham, Myunxen aeroporti bir necha soatga yopilgan edi, chunki hukumat yaqin atrofda dronlar parvozini qayd etgandi.


