1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

IShIDga yordam bergan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 15 yilga qamaldi

Fuqaro voyaga yetmagan qizni “Islomiy davlat” safiga jalb etishga uringan.

IShIDga yordam bergan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 15 yilga qamaldi

Rossiya harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosini terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangani uchun qattiq tartibli koloniyada 15 yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Hukmga ko‘ra, u dastlabki uch yilini yopiq qamoqda o‘taydi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, fuqaro 2023-yilning kuzidan 2024-yilning yanvarigacha Krasnodar o‘lkasi va Adigeya hududida voyaga yetmagan shaxs bilan yozishmalar olib borib, uni “Islomiy davlat” (IShID) terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishga undagan.

 

Shuningdek, tergov organlari uning hibsda bo‘lgan davrida ham radikal targ‘ibot bilan shug‘ullanganini qayd etmoqda. U o‘z kameradoshini IShID faoliyati “to‘g‘ri yo‘l” ekani haqida ishontirishga uringan.

 

Rossiya qonunchiligiga muvofiq, mazkur jinoyat terrorchilik faoliyatini targ‘ib qilish va yoshlarni jalb qilish sifatida baholandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика