1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda “Ming” sulolasi tugatildi— 39 kishi sudlandi

2015-yildan buyon Myanma hududida faoliyat yuritgan “Ming” oilasi firibgarlik va odam savdosi bilan shug‘ullangan.

Xitoyda “Ming” sulolasi tugatildi— 39 kishi sudlandi

Xitoyning Venchjou shahrida o‘tkazilgan sud jarayonida “Ming” oilasi deb nom olgan yirik transmilliy jinoyat guruhi a’zolariga hukm o‘qildi. Xitoy davlat teleradiokompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 39 nafar shaxs turli og‘ir jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, “Ming” oilasi 2015-yildan buyon Myanmaning Laukkaing shahrida joylashgan firibgarlik markazlarini boshqarib kelgan. Ular noqonuniy qimorxona faoliyati, onlayn firibgarlik, narkotik modda savdosi va odam savdosi bilan shug‘ullangan.

 

Jinoyat tarmog‘ining noqonuniy daromadi 10 milliard yuandan (taxminan 1,4 milliard AQSh dollari) ortiq bo‘lgan. Laukkaingdagi “Crouching Tiger Villa” nomi bilan tanilgan markazlarda 10 mingdan ortiq ishchi faoliyat yuritgan, ularning aksariyati majburiy mehnat va zo‘ravonlik qurboniga aylangan.

 

Sud qaroriga muvofiq, “Ming” oilasi a’zolariga quyidagi jazolar tayinlandi:

 

11 nafariga — o‘lim jazosi;

 

5 nafariga — kechiktirilgan o‘lim jazosi (2 yil muddat bilan);

 

11 nafariga — umrbod qamoq;

 

12 nafariga — 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum etish.

 

“Ming” oilasi Myanmada eng ta’sirli jinoiy guruhlardan biri sifatida tanilgan. 2023-yilda Myanma hukumati qidiruvdagi a’zolarning bir qismini Xitoy huquq-tartibot organlariga topshirgan. Oila yetakchisi Ming Xuechang hibs paytida joniga qasd qilgani aytilmoqda.

 

Xitoy hukumati tomonidan bunday jinoyat tarmoqlariga qarshi ko‘rilayotgan qat’iy choralar xalqaro miqyosda e’tibor qozonmoqda. Pekin bosimi ostida Tailand ham Myanma bilan chegaradosh hududlardagi noqonuniy markazlarga qarshi kurashni kuchaytirgan. Biroq, BMT ma’lumotiga ko‘ra, ayrim tarmoqlar faoliyatini Kambodja kabi boshqa davlatlarda davom ettirmoqda.

 

BMT bunday tuzilmalarni “firibgarlik fabrikalari” deb atab, Xitoyning “Ming” oilasiga nisbatan keskin choralarini jinoyatchilikka qarshi murosasiz siyosatning namunasiga tenglashtirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика