Dunyoda koronavirusga qarshi yetti milliarddan ortiq dozada vaksina qo‘llanildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qo‘llanilgan vaksinalarning qariyb yarmi uch davlat –– Xitoy (2.3 milliard), Hindiston (1.1 milliard) va AQSH (400 million) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, hozirda dunyoda qancha aholi to‘liq emlanganini aniqlashning iloji yo‘q. Chunki ko‘plab davlatlar faqat emlanish soni to‘g‘risida maʼlumot bermoqda.
Shuningdek, emlash surʼatlari pasayib borayotgani maʼlum qilingan. Hozirda bir milliard doza vaksinani qo‘llash uchun 37 kun ketgan. Avval buning uchun 29 kun zarur bo‘lgan edi.
Shu bilan birga, qaysi davlatlarda eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgani maʼlum qilindi. Xususan, Malta va BAA ning 90 foiz aholisi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Bundan avval AQSH razvedka xizmatlari koronavirusning kelib chiqishi haqida oxirgi to‘xtamga kelgani hamda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus insoniyatni yengib bo‘lmas virus vujudga kelishidan ogohlantirgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


