1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Durovning “Apple”dan hafsalasi pir bo‘ldi

U kompaniya sabab Telegram yangi versiyalarini ishga tushira olmayapti.

Durovning “Apple”dan hafsalasi pir bo‘ldi

 

Telegram asoschisi Pavel Durov “Apple” hech qanday izohsiz messenjerning yangi versiyasini chiqarishni ikki haftaga kechiktirayotganini aytdi va kompaniyalarning “adolatsiz amaliyoti”ni tanqid qildi.

 

“Hafsalamizni pir qilgan yagona narsa shundaki, biz tez-tez texnologiya monopolistlarining mobil ilovalarni ko‘rib chiqishlari tufayli Telegramning yangi versiyalarini chiqara olmay qolamiz. Masalan, so‘nggi yangilanishimiz ikki hafta davomida tiqilib qoldi. “Apple” tomonidan bu bo‘yicha hech qanday sabablar va izohlar keltirilmadi”, — deb yozdi Durov Telegramdagi kanalida. 

 

Tadbirkor dunyoning eng ommabop ilovalari o‘ntaligiga kiruvchi Telegramga shunday munosabatda bo‘ladigan bo‘lsa, kichikroq ilovalar ishlab chiquvchilar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini tasavvur qilishingiz mumkinligini aytdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика