1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

DXR va LXRda harbiy holat eʼlon qilinadi

Bu haqda Ukraina Oliy radasi ma'lum qildi.

DXR va LXRda harbiy holat eʼlon qilinadi

 

Ukraina Oliy radasi DXR va LXR viloyatlarida harbiy holat eʼlon qilishga qaror qildi. Bu haqda “360” telekanali Ukraina parlamentiga tayanib xabar qilmoqda.

 

Loyiha harbiy holatdan tashqari Ukrainaning Rossiya va Belarus bilan chegaralarini yopishni ham ko‘zda tutadi. Maʼlumot o‘rnida: Putin 21-fevral kuni Rossiya xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirdi.

 

Unda DXR va LXR mustaqilligini tan olish masalasi ko‘rib chiqildi. Shundan keyin u Rossiya xalqiga murojaat qilib, bu ikki hudud suverenitetini tan olishini eʼlon qildi. Shu kunning o‘zidayoq DXR va LXR bilan do‘stlik va ittifoqchilikni ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi. Buning ortidan Rossiyaga qator sanksiyalar eʼlon qilinmoqda.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика