1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi IELTS faqat kompyuterda topshiriladi

O‘zbekistonda bu bo‘yicha yangi tartibga o‘tilmoqda.

Endi IELTS faqat kompyuterda topshiriladi

O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish davri nihoyasiga yetdi. 11 iyuldan boshlab barcha testlar faqat kompyuterda o‘tkaziladi. Bu haqda IDP test markazi rasmiy xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan IELTS — qog‘ozli shaklda o‘tkaziladigan so‘nggi imtihon bo‘ladi. Bu o‘zgarish IDP, British Council va Cambridge University Press & Assessmenttomonidan o‘tkaziladigan barcha imtihonlarga tegishli.

 

Qog‘ozli shaklning bekor qilinishi operativ va xavfsizlik sabablari bilan izohlanmoqda. So‘nggi oylarda ayrim imtihonlarning javoblari testdan oldin tarqab ketgani haqida xabarlar chiqqan edi. Xususan, 7 iyun kuni o‘tkazilgan imtihon javoblari kechikib 24 iyunda eʼlon qilingan.

 

Shu sabab, Edu-Action Exams markazi ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga ikkita imkoniyatni taklif qilmoqda:

 

1. IELTSni kompyuter shaklida topshirish (bepul o‘tkaziladi);

2. To‘lovni to‘liq qaytarib olish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика