1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda fuqaro MIB orqali uyiga kiritib qo‘yildi

Bu bo‘yicha mahalla raisi va masʼul xodimlar ishtirokida ijro harakati amalga oshirilgan.

Jizzaxda fuqaro MIB orqali uyiga kiritib qo‘yildi

Jizzax viloyatida fuqaroning sovuq kunlar oldidan fuqaro uyga kiritilishi taʼminlandi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Jizzax shahridagi uyga fuqaro S.J.ni majburiy tartibda kiritish haqidagi ijro hujjati MIB Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 

“Davlat ijrochisi mahalla raisi va masʼul xodimlar bilan hamkorlikda ijro harakatini amalga oshirib, fuqaro S.J.ning ko‘rsatilgan uyga kiritilishi taʼminlandi”, deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlanishicha, uy-joy mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek, u bilan doimiy yashovchi shaxslar, agar ko‘chirib keltirilgan paytda boshqa hol yozma ravishda qayd etilmagan bo‘lsa, uydagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanish huquqiga ega.

 

Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq, ular mulkdor tomonidan berilgan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritish huquqiga ham egadirlar. Agar bunday shaxslar uy-joy mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, turar joydan foydalanish huquqi saqlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика