O‘zbekistonda keksalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan katta erkaklar endilikda ichki yo‘nalishlardagi poyezd chiptalarini 20 foizlik chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chegirma “Keksalar haftaligi” va “Pensiya turizmi oyligi” doirasida joriy etilib, nafaqaxo‘rlar uchun bir oy davomida amal qiladi.
Chegirma barcha ichki yo‘nalishlardagi poyezdlarga tatbiq etiladi, biroq tezkor “Afrosiyob” poyezdiga taalluqli emas. Arzonlashtirilgan chiptalarni 2–8-oktabr hamda 1–30-noyabr kunlari kassalarda yoki onlayn tarzda xarid qilish mumkin bo‘ladi.


