Xabarda aytilishicha, agar isteʼmolchilar hamkorlik qilmoqchi bo‘lsa:
👉chek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelganda darhol Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali murojaat qoldirishi lozim.
Bunda murojaatchi xizmati uchun mukofotlanadi. Yaʼni, yo‘llangan murojaat soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida isteʼmolchiga taqdim etiladi.
“Hurmatli isteʼmolchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq mahsulot sotib olgan xaridorga xarid summasining 1 foizi qaytarilishi hamda 1 yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


