1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

1-yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yangi yilda bir nechta soha va yo‘nalishlarda o‘zgarishlar bo‘ladi.

1-yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

 

Ijtimoiy sohaga oid:

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pensiya va nafaqalar 1 yanvardan boshlab tender tanlovlari asosida tanlangan banklar tomonidan to‘lanadi. Bunda pensiya va nafaqalarni mahalla fuqarolar yig‘inlari binolariga yoki oluvchilarning yashash joyiga yetkazish tartibi amalda bo‘lib, xizmat narxi pensiya va nafaqalar miqdorining 1 foizidan ko‘p bo‘lmaydi.

Eslatma. Mazkur 1 foizli xizmat puli Pensiya jamg‘armasi va respublika byudjeti hisobidan to‘lanadi. Nafaqa oluvchining pulidan undirib olinmaydi. Bunday amaliyot taqiqlanadi.

 

Soliq tizimiga oid:

Kasbiy soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

Eslatma. Mazkur tizim faqat yuridik shaxslarga taalluqli.

 

Bojxona tizimiga oid:

Shuningdek, ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari uch ish kuni ichida tashqi iqtisodiy faoliyat (TEX) ishtirokchilariga qaytariladi. Faqat bundan oldin bojxona organlari to‘lovlarni qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan bo‘lishi lozim

 

Maʼlumot uchun, endilikda bojxona to‘lovlarini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning minimal muddati 14 kunni tashkil etadi. Ushbu muddat davomida foizlar olinmaydi. Agar minimal imtiyozli davr yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash oshib ketgan bo‘lsa, foizlar butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi.

 

Eslatma. Bojxona to‘lovlarini to‘lashni nazarda tutgan holda, tovarlarni shartli ravishda chiqarish amaliyoti joriy etilmoqda. Yaʼni, tovarlar bojxona organi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq tovar kodini aniqlash bo‘yicha ekspertiza yakunlangunga qadar ushlab turilmaydi.

 

Tadbirkorlikka oid:

Hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2023-yil boshiga qadar 2 barobarga pasaytirildi.

 

Maʼlumot uchun, endi QQSning salbiy miqdorini qaytarish uchun soliq organlariga maxsus murojaat qilishning hojati yo‘q. Soliq to‘lovchi tegishli soliq davri uchun soliq deklaratsiyasini taqdim etayotganda bu haqda soliq organlarini xabardor qilishga haqli.

 

Shu bilan birga, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona qarzlari to‘lanmagan taqdirda, to‘lovchining hisob varaqlari qarz summasi bo‘yicha muzlatib qo‘yilishi mumkin.

 

Ularning operatorlari uchun mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 10 foizgacha pasaytirildi.

 

Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar uchun:

Mansabdor shaxslar daromad solig‘i deklaratsiyasini to‘ldiradilar. Bunda  davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarning, davlat korxonalari va muassasalarining rahbarlari va o‘rinbosarlari o‘z daromadlari va mol-mulkini, shuningdek, turmush o‘rtog‘i va voyaga etmagan farzandlari to‘g‘risida deklaratsiya qiladilar.

 

Shuningdek, 2022-yildan davlat xizmatchilariga O‘zbekistondan tashqaridagi  banklarda hisob raqamlari ochish va ularga egalik qilish, naqd pul saqlash, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulkka egalik qilish taqiqlanadi.

 

Eslatma. Xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari davlat xizmatiga kirishgunga qadar sotib olingan mol-mulk bundan mustasno.

 

Maʼlumot uchun, davlat boshqaruvi organlarining xorijiy tillar bo‘yicha milliy va tegishli xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan xodimlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar beriladi.

 

Elektron davlat xizmatlariga oid:

2022-yil boshidan O‘zbekiston fuqarosi, chet el fuqarosi va mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun beriladigan ID-karta hamda xorijga chiqish uchun biometrik pasportni Davlat xizmatlari markazlarida olish mumkin bo‘ladi.

 

Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini ham internet orqali olish mumkin. Ularni sertifikatlash ham elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Avtomobil ijarasiga oid:

2022-yildan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalarini onlayn-auksion orqali ijaraga berish shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlanishi shart emas. Elektron onlayn-auksion natijalari bo‘yicha tuzilgan protokol esa ijara shartnomasi kuchiga ega.

 

Avvalroq 1-avgust  hamda 1-oktyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgargani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика