1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo‘ldi

U 4-fevral kuni "Lacetti rusumli avtomashinasida baxtsiz hodisaga uchragan.

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo‘ldi

 

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Muzaffar Xolmirzayev YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat DSB xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, u 4 fevral kuni "Lacetti rusumli avtomashinasida baxtsiz hodisaga uchragan.

 

Ushbu voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo‘limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so‘ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg‘ona filialiga yetib borishgan.

 

"Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralarga qaramay ushbu xodim vafot etdi.

Boshqarma rahbariyati va xodimlari marhumning xonadonida bo‘lib, uning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirdi", — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Farg‘onada bank xodimasi xizmat vaqtida vafot etgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda bank xodimining kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика