Farg‘ona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17 noyabr kunidan 18 noyabr kuniga o‘tar kechasi Farg‘ona tumani Gulshan MFY Samo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o‘g‘li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida hodisa joyida vafot etgan.
"Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda maʼlumot beriladi", — deyiladi xabarda.
Avvalroq is gazidan zaharlanib, vafot etgan 5 nafar talaba ishi bo‘yicha ijra uy egasiga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanida 13 yoshli qizcha is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.


