1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Firibgar o'zi qazigan chohga o'zi tushdi

Namanganda fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.

Firibgar o'zi qazigan chohga o'zi tushdi

 

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilindi.

 

Unda Sh.N. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali shahar hududidan ko‘p qavatli uy-joylarning biridan imtiyozli asosida uy olib berish evaziga 1 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq, Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, fuqarodan 300 AQSH dollar so‘ragan shaxs hamda Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика