1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Islovatxona "malikasi" qo‘lga olindi

U 300 ming so‘m evaziga erkak va ayollarga sharoit yaratib bergan.

Islovatxona "malikasi" qo‘lga olindi

 

Andijon viloyati IIB JQB hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazildi. Unda Oltinko‘l tumanida yashovchi M.D. Andijon tumanida joylashgan ikki qavatli binoda 300.000 so‘m evaziga erkak va ayollarni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib, fohishaxona tashkil qilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgani hamda Sirdaryoda xonadonida fohishaxona ochgan erkakka sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика