Uning so‘zlariga ko‘ra, reyslar ertaga kechgacha davom etadi, 27 avgust yarim tundan so‘ng Kobul aeroportidan odamlar evakuatsiya qilinmaydi. Evakuatsiya jarayoni boshlanganidan buyon Fransiya 2 mingdan ortiq afg‘on va 100 ga yaqin fransuzni ko‘chirgan.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Kobuldan 82 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Yana 10 ming kishi aeroportda evakuatsiyani kutmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari 31 avgustdan keyin ham Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni to‘xtatmasligini maʼlum qildi.
Nasiba To‘xtayeva


