1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Fuqarolarni paxta terimiga majburiy jalb qilgan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun 5  nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, bitta holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudga  yuborilgan.

Fuqarolarni paxta terimiga majburiy jalb qilgan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

 

Maʼlum bo‘lishicha, paxta yig‘im-terimida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushgan.  Ularning 54 tasi “call – markaz”, 15 tasi “web sayt”, 24 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 35 tasi esa yozma murojaatdan iborat.  Shuningdek,  mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdorga jami 198 mln. 450 ming so‘m miqdorda maʼmuriy jarima tayinlangan.

 

Bundan tashqari, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmagani, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmagani, 14 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra,  qonunda ko‘rsatilgan hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Mehnat Kodeksining 7-moddasida ham shunday qoida belgilanib,  unga majburiy mehnatga biron jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash,  deya taʼrif berilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  o‘qituvchilar maktabda o‘z xohishi bilan bodom tergani hamda Sirdaryoda o‘qituvchilarni  majburan ishlatgan maktab direktori jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика