Zilzila Gaiti janubi-g‘arbidagi Sen-Lui-dyu-Syud shahri yaqinida yuz bergan. Uning epitsentri 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida kamida 304 kishi halok bo‘lgan, 1,8 mingdan ortiq tan jarohati olgan; bedarak yo‘qolganlarning aniq soni maʼlum emas, qurbonlar soni ortishi mumkin.
AQSH Geologiya xizmati shanba kuni yuz bergan yerosti silkinishlarini “qizil” daraja bilan baholagan — bu daraja zilzilaning «jiddiy insoniy yo‘qotishlar» va sezilarli talofatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildiradi.
AQSH Okeanlar va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi Gaitidagi zilziladan so‘ng sunami yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan, biroq keyinroq sunami xavfi bekor qilingan.


