1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan maskan Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi

Ob’yekt 2021-2022- yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgan.

Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan maskan Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi

 

"Sijjak" dam olish maskani O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda qabul qilingan qarorda belgilab qo‘yilgan.

 

Ushbu dam olish maskani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Sijjak mavzesidagi "Sarbog‘" mahallasida joylashgan va birinchi prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli edi. Maskan 2017-yilning 10-fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Dastlab u O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berildi. So‘ngra auksion orqali sotuvga qo‘yildi.

 

5,38 gektar hududni egallagan va 70 milliard so‘mga baholangan ob’yekt 2021-2022- yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика