Raketa 5 ming km. masofani bosib o‘tishga qodir. Sinovlar Bengal ko‘rfazida yuqori aniqlik bilan o‘tkazildi.
Hindiston hukumatining taʼkidlashicha, uning ishga tushirilishi mamlakatning minimal himoyani taʼminlash siyosatiga mos keldi. Hindiston, shuningdek, birinchi navbatda yadrosiz qurol tamoyiliga sodiqligini taʼkidladi.
Nashrning qayd etishicha, Xitoyning raketa salohiyatining o‘sishi Hindistonni qurol-yarog‘ tizimlarini yaxshilashga undagan.
Bundan avval ommaviy axborot vositalari XXRning gipertovushli raketasi AQSHni hayratda qoldirgani haqida xabar berilgan edi. Raketa "gipertovushli qurollarni yaratishda hayratlanarli yutuqlarni" namoyish etdi.
Keyinchalik Pentagon gipertovushli qurollarni ishlab chiqish doirasida uchta sinov o‘tkazganini eʼlon qildi.
Avvalroq,19 oktyabr kuni KXDR tomonidan Yapon dengizi tarafga ballistik raketa otilgani hamda Turkiya nima uchun Rossiya raketalarini sotib olganligi haqida xabar bergan edik.
Nasiba To‘xtayeva


