
Uning aytishicha, bu voqea Samarqand shahar Go‘ro‘g‘li ko‘chasida bo‘lgan. Shu ko‘chada yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan D.M. mast holda tungi xizmatni olib borayotgan xodimlar yoniga kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qila boshlaydi. Bu fuqaro jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.
Shuningdek, D.M.ni IIBga olib borish jarayonida u xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Janjalga D.M.ning yaqinlari ham qo‘shilib, uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Uning noqonuniy harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.
Avvalroq Qashqadaryoda profilaktika inspektorining egnidagi xizmat kiyimini yirtgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Shuningdek, deputatlar va IIV xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal sababi ochiqlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


