1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal sababi ochiqlandi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani deputati Feruza Jo‘rabekovna o‘zining Telegram kanalida IIB xodimlari bilan bo‘lgan janjal sababini maʼlum qildi.

Deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal sababi ochiqlandi

“Tuman maʼmuriy markaziga kelganimizda darvoza oldida 50 nafardan ortiq bolalar va 6-7 nafar yosh bolali ayollar turishgandi. IIB xodimlari ularni bayramga kiritmayotgan ekan.

Bizni kirishimizga qarshilik qilishmadi, lekin bolalarga yo‘l yo‘q! Sababini so‘raganimda, odam ko‘p sahna sinib ketishi mumkin, degan vaj ko‘rsatishdi.

Men o‘zim tartibga solib turaman, deb ularni kiritdim. Bir bolali ayolni IIB xodimlari ushlab olib qaytarishdi, buni ko‘rgan deputat Jahongir To‘laganov ularning qilayotgan ishi noto‘g‘riligini aytdi.

Shu payt IIB xodimlarining o‘sha yerda turgan “katta”laridan biri Jahongirni mashinaga tiqlaring, bo‘limda gaplashamiz bu bilan, degan buyruqni berdi. IIB xodimlari esa, buyruqni so‘zsiz bajarib Jahongirni sudray boshlashdi.

Tabiiyki, men tumanimizga kelgan mehmon deputatning yonini oldim va noqonuniy xatti-harakatlari, deputatlik maqomi to‘g‘risida tushuntira boshladim”, - deb yozdi Jo‘rabekovna.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yosh depututlarning ulushi 6 foizdan yuqoriligi hamda qancha deputat koronavirusga qarshi emlangani maʼlum qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика