1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan guruh qo‘lga olindi

Uyushgan jinoyiy guruhning 2023–2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan.

Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan guruh qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida inson organlari va to‘qimalari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, Toshkent shahri hamda Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar shaxsdan iborat guruh 2023–2025-yillar davomida noqonuniy faoliyat yuritgan. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib, sog‘lom fuqarolarni katta miqdordagi pul evaziga organlarini sotishga undagan.

 

Qilmishlarini amalga oshirish maqsadida hujjatlar qalbakilashtirilgan, donor va bemorlar qarindosh sifatida ko‘rsatilgan va qo‘shni davlatdagi xususiy klinikalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan. Shu yo‘l bilan 32 nafar bemorga organ yoki to‘qima ko‘chirib o‘tkazilgan.

 

Bemorlar tomonidan to‘langan katta miqdordagi mablag‘ning bir qismi klinika xarajatlari va donorlar mukofotiga sarflangan, qolgan qismi esa jinoyatchilar o‘rtasida taqsimlangan. Shuningdek, sog‘ligida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagan bemorlarga og‘riqni kamaytiruvchi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.

 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 133-1, 228, 246 va 273-moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov yakunlanib, jinoyat ishi sud organlariga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика