1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzax viloyatida FVB xodimlari firibgarlik va pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

Ular fuqaroning ishonchidan foydalanib, 1500 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan.

Jizzax viloyatida FVB xodimlari firibgarlik va pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh xodimlari noqonuniy harakat ustida qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, A.J.X., 1-darajali serjant J.B.N. va kichik serjant Y.Sh.A. fuqaro X.B.ni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali viloyat FVB tizimiga ishga joylashtirishga va’da bergan. Ular buning evaziga 1500 AQSh dollari talab qilib, 1100 AQSh dollari hamda 750 ming so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Mazkur holat yuzasidan xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика