Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni poyezdida yo‘lovchilardan biri tiqilinch holat sabab hushidan ketib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 22 sentyabr kuni soat 08:30 lar atrofida Chilonzor” yo‘nalishining “Novza” bekati tomon harakatlanayotgan harakat tarkibida yuz bergan. Unda yo‘lovchilardan birida holsizlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan harakat tarkibi bekatga yetib kelgach, bekatdagi xodimlar tomonida unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ushbu yo‘lovchi navbatdagi harakat tarkibida o‘z manzili tomon ketgan.
“Maʼlumot tariqasida taʼkidlash joizki, ushbu yo‘lovchida hushdan ketish holati emas holsizlik holati kuzatilgan”, deyiladi rasmiy izohda.


