1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga keldi

19 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayevning Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari Anisul Haq bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga keldi

 

 

So‘nggi yillarda Islom hamkorlik tashkiloti bilan aloqalar kengayib bormoqda. Tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kuzatuvchilar delegatsiyasini jo‘natishi buni yana bir karra isbotlaydi.

 

IHT kuzatuvchilar missiyasiga Anisul Haq boshchilik qilmoqda.

 

Uchrashuv davomida Zayniddin Nizamxodjayev 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi. Ayniqsa, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, OAV va xorijiy kuzatuvchilar akkreditatsiyasi masalalariga alohida eʼtibor berildi.

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga doir jami 18 ta nizom va yo‘riqnoma qabul qilingani maʼlum qilindi. Ulardan 7 tasi 2021 yilda qabul qilingan bo‘lsa, 11 ta nizom va yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Shuningdek, Zayniddin Nizamxodjayev saylov kunining o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi masalaga izoh berdi.

 

"Xabaringiz bor, saylovlar dekabr oyida, ancha noqulay ob-havo sharoitida o‘tkazilar edi. Saylovlarni ancha moʻtadil bo‘lgan kuz oylarida o‘tkazilishi barcha fuqarolar, saylov tashkilotchilari va ishtirokchilari hamda mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar uchun qulaylik tug‘diradi", — deb qayd etdi MSK raisi.

 

Bundan tashqari, OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazishga to‘xtalib o‘tildi.

 

Jumladan, xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini yana-da shaffof o‘tishidagi ahamiyati hisobga olinib, 21 ta xalqaro tashkilotlar va 47 ta xorijiy davlatlarning turli institutlariga saylovlarni kuzatish uchun taklifnomalar yuborildi.

 

Maʼlumot o‘rnida: akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilar  969 nafarni tashkil etdi. Shundan 629 nafarini xalqaro tashkilotlardan, 340 nafarini esa xorijiy davlatlardan keladigan kuzatuvchilar tashkil etmoqda.

 

OAVning saylov jarayonlaridagi o‘rni alohida taʼkidlandi. “Bo‘lajak saylov yana-da ochiq, oshkoralik va shaffoflik ruhida, ommaviy axborot vositalari faolligi yuksalgan sharoitda bo‘lib o‘tadi. Saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikka o‘z vaqtida maʼlumot berib borish uchun MSK Matbuot markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda.Ushbu maqsadga akkreditatsiyadan o‘tgan jami 1672 nafar (1439 nafar milliy va 233 nafar xorijiy) ommaviy axborot vositalari vakillari ham o‘z hissasini qo‘shadi”, – dedi MSK raisi.

 

Islom hamkorlik tashkiloti missiyasi rahbari Anisul Haq, o‘z navbatida, MSK va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Missiya rahbari ushbu saylovlar mamlakat tarixida katta ahamiyatga egaligini qayd etdi.

 

 

“O‘zbekiston nafaqat Islom sivilizatsiyasi markazi, balki Islom Hamkorlik tashkiloti uchun ham muhim mamlakat hisoblanadi”, – deb taʼkidladi Anisul Haq.

 

Bundan avval Xalqaro media-xoll tashkil etilgani hamda saylovda O‘zLiDeP nomzodi g‘olib bo‘lsa, poytaxt qanday o‘zgarishi  xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика