1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Islom va arab davlatlari Isroilning BMT a’zoligini muzlatishga chaqirdi

1967-yildan buyon Tel-Aviv tomonidan bosib olingan hududlardan falastinliklarni chiqarishga qaratilgan urinishlar keskin qoralandi.

Islom va arab davlatlari Isroilning BMT a’zoligini muzlatishga chaqirdi

Qatarda bo‘lib o‘tgan favqulodda arab-islom sammiti yakunida qabul qilingan deklaratsiyada Islom va arab mamlakatlari Isroilning BMTdagi a’zoligini muzlatishga chaqirdi. Hujjatda, shuningdek, 1967-yildan buyon Tel-Aviv tomonidan bosib olingan hududlardan falastinliklarni chiqarishga qaratilgan urinishlar keskin qoralandi.

 

Sammit ishtirokchilari Isroilning so‘nggi harbiy amaliyotlarini mintaqada tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid sifatida baholab, mamlakatga qarshi diplomatik hamda iqtisodiy choralarni ko‘rib chiqishga chaqirdi.

 

O‘zbekiston nomidan yig‘ilishda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. U Toshkentning qat’iy pozitsiyasini yetkazib, Falastin xalqining o‘z mustaqil davlatini barpo etish huquqi to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Doha sammiti mintaqadagi vaziyatni yumshatish va xalqaro hamjamiyatni keskin choralar ko‘rishga undash uchun muhim diplomatik platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика