1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil G‘azo shahrida keng ko‘lamli hujum boshladi – o‘nlab qurbonlar qayd etildi

AQSh ma’muriyati operatsiyani qo‘llab-quvvatlashi, biroq uning tezkor yakunlanishini kutayotganini bildirgan.

Isroil G‘azo shahrida keng ko‘lamli hujum boshladi – o‘nlab qurbonlar qayd etildi

Isroil qurolli kuchlari 15-sentabr kuni Falastinning G‘azo shahri va uning atrofida keng ko‘lamli harbiy amaliyotni boshladi. Mahalliy tibbiyot xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida uyushtirilgan zarbalar oqibatida kamida 62 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, ko‘plab fuqarolar turli darajada jarohat olgan.

 

WAFA agentligi xabariga ko‘ra, hujumlar davomida bir necha turar-joy binolari, jumladan, shaharning eng baland minorasi jiddiy zarar ko‘rgan. Ynet portalining yozishicha, atigi 20 daqiqa ichida shaharga 37 marta zarba berilgan, ularda jangovar vertolyotlar, dronlar va artilleriya qurollari qo‘llangan. Aholi bombardimon qilingan hududlarni tark etishga majbur bo‘lmoqda.

 

Axios portali ma’lumotiga ko‘ra, Isroil rahbariyati G‘azo shahri ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish maqsadida quruqlikdan ham hujum boshlagan. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroilga qarorlarini mustaqil qabul qilish imkoniyatini berishini bildirgan. Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga Vashington operatsiyani qo‘llab-quvvatlashini, biroq uning tezkor amalga oshirilishi va imkon qadar qisqa muddatda yakunlanishini kutayotganini ma’lum qilgan.

 

Vaziyat keskinligicha qolmoqda, xalqaro hamjamiyat esa tinch aholining himoyasini ta’minlash va mojaroning kengayishini oldini olishga chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика