Isroil 15-aprel kuni Damashq chekkasidagi Eronning havo hujumiga qarshi mudofaa inshootlari va radarlariga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda “TACC” xabar berdi.
Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan shia Hizbulloh otryadlari bazasiga Eron uchuvchisiz uchoqlarining bir qismini yetkazgan harbiy karvonga ham zarba berilgan.
Guvohlarning xabar berishicha, poytaxtning janubi-g‘arbiy chekkalasida bir necha kuchli portlashlar eshitilgan.
Naharnet portalining xabar berishicha, Xama provinsiyasiga qilingan hujum Isroilning yil boshidan beri Suriyaga qarshi sakkizinchi tajovuzkor harakati bo‘ldi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Iroq bosh vaziri uning mamlakatini shaxsiy hisob-kitob maydoniga aylantirmaslikni so‘ragandi.


