Istanbul va Turkiyaning yana bir qator viloyatlari kuchli qor bo‘roni ostida, deb xabar berdi Daily Sabah gazetasi.
Istanbulda xususiy va davlat maktablarida darslar bekor qilindi va mahalliy aholidan shaxsiy transportda sayohat qilmaslik so‘raldi. Homilador ayollar va nogironlar uchun dam olish kuni eʼlon qilindi.
Turk Havo Yo‘llari shanba kuniga rejalashtirilgan 100 ga yaqin reyslarni bekor qilgan. Bo‘ron hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Istanbuldagi noqulay ob-havo sharoiti sababli o‘tgan hafta Turk Havo Yo‘llari va “Pegasus” aviakompaniyasi tomonidan 200 dan ortiq reys bekor qilingan edi.
Mahalliy meteorologiya xizmatlarining prognozlariga ko‘ra, hozirda qor o‘tgan haftaga nisbatan kuchliroq yog‘moqda.


