1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jayron ovlovchilar ustidan sud hukmi o‘qildi

Ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jayron ovlovchilar ustidan sud hukmi o‘qildi

 

Xabaringiz bor, 2021 yil 24-may kuni Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro R.B va B.Tlar noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 11 bosh jayronni ovlaganliklari uchun qo‘lga olingan edi.

 

Holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib tegishliligi bo‘yicha Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazilgan. Prokuratura tomonidan esa o‘z navbatida tergov, surishtiruv ishlari olib borilib sud organiga yuborilgan edi. Sud jarayoni 2021-yil 2-noyabr kunida yakunlanib Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudi tomonidan hukm o‘qildi.

 

Hukmga ko‘ra, qonunbuzarlar R.B. ga nisbatan 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, T.Bga esa 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, hayvonot dunyosiga keltirilgan jami 404 million 250 000 so‘m zarar "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i foydasiga undirishga qaratildi.

 

Avvalroq Buxoroda qizil kitobga kiritilgan cho‘l bo‘ktargisi (stepnoy lun) qushini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangani hamda Sirdaryoda lochinlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика