1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda 19 yoshli yigit ekstremistik materiallarni tarqatgani uchun qamaldi

Sudda ayblanuvchi o‘z qilmishining oqibatlarini anglamaganini aytgan.

Jizzaxda 19 yoshli yigit ekstremistik materiallarni tarqatgani uchun qamaldi

Jizzax viloyatida internet orqali ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatishda ayblangan 19 yoshli fuqaro ustidan sud jarayoni yakunlandi.

 

Tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u so‘nggi uch yil davomida diniy-ekstremistik ruhdagi audio va videolarni noqonuniy tarqatib kelgan. Sud majlisida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va qilmishining oqibatlarini to‘liq anglamaganini ta’kidlagan.

 

Prokuratura vakili uni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Biroq sud hukmiga ko‘ra, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1 va 159-moddalari bilan aybdor deb topildi va unga 5 yil 2 oy muddatga umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tash jazosi tayinlandi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, aniqlangan noqonuniy materiallar musodara qilinib, yo‘q qilinadi.

 

Ayblanuvchining yaqinlari uning faoliyatidan bexabar bo‘lganini aytib, bu ishlar bilan shug‘ullanganidan hayratda qolganliklarini bildirishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика