Jizzaxda yosh yigitlar 51 yoshli erkakni do‘pposlab ketishdi. Bu haqida “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, 23 iyun kuni tunda do‘sti bilan to‘ydan qaytayotgan fuqaroni do‘pposlab ketishgan. Bemorning yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, janjal yosh yigitlarning sigaret so‘rashidan kelib chiqqan.
4 nafar farzandning otasi, 51 yoshli fuqaro Toshkent shahridagi qurilish firmalaridan birida ishlagan. Uni shu kuni 06:25 larda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib kelishgan.
U barcha tekshiruvlardan keyin davolanish uchun neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozirgi holati o‘rtacha og‘irlikda.


