
Bu haqda “Postda” xabar qildi. Maʼlum bo‘lishicha, Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tungi soat 2:30 atrofida ko‘chada uni bir necha shaxs “Nexia” mashinasiga majburlab chiqarib, Obod mahallasi hududida zo‘rlaganini aytgan. Shuningdek, sumkasidagi uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘yilganini ham maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ayolni zo‘rlagan shaxslar Jizzax shahrining Ko‘tarma mahallasida yashovchi J.Sh., Alisher Navoiy mahallasida yashovchi D.N., Toshloq mahallasida yashovchi J.Yu. ekani aniqlangan.
Ayni paytda ayblanuvchilar hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida 19 yoshli yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelganiga qaramasdan jinoiy ish ochilmgani haqida hamda 11 yoshli bola ikki yil davomida amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani aytilgandi.


