1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Kitob marifat ko'zgusi" shiori ostida o'z xonasini mingta kitob bilan to'ldirgan ustoz!

O‘rta Chirchiq tumanidagi 72-maktab ingliz tili o‘qituvchisi Xudoyqulova Dilnoza o‘quvchilar uchun mingdan ortiq kitob jamladi.

"Kitob marifat ko'zgusi" shiori ostida o'z xonasini mingta kitob bilan to'ldirgan ustoz!

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanidagi 72-maktabda ingliz tili fani o‘qituvchisi Xudoyqulova Dilnoza Zafarovna o‘z tashabbusi bilan yangi kutubxona tashkil etdi. Mazkur xonaga mingdan ortiq ingliz tilida chop etilgan kitoblar to‘plandi. Bu tashabbus o‘quvchilarni til o‘rganishga yanada qiziqtirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

 

Kutubxona to‘rt bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim ingliz adabiyotiga qiziqqan o‘quvchilar uchun mashhur yozuvchilar hayoti va asarlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi bo‘limda ingliz tili grammatikasini mustaqil o‘rganishga yordam beruvchi qo‘llanmalar joylashtirilgan. Uchinchi bo‘limda esa xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun test kitoblari mavjud. To‘rtinchi bo‘lim turli lug‘atlardan iborat bo‘lib, rasmli lugatlar, iboraviy fe’llar va sinonimlar to‘plami o‘quvchilarga qulaylik yaratadi.

 

O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, darsdan tashqari bilim olish imkoniyatini kengaytirish va eng muhimi, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan.

 

Dilnoza Xudoyqulova 1990-yilda tug‘ilgan, ingliz va koreys tili mutaxassisi. U O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hamda Sharqshunoslik institutida tahsil olgan. Bugungi kunda mamlakat miqyosida ustozlarga yaratilayotgan sharoitlardan foydalanib, o‘quvchilariga fidoyilik bilan xizmat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика