1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maʼlum qilishicha,  Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda  “Z.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari S.J. va R.A.lar fuqaro A.ga shifokor retseptisiz, kuchli taʼsir qiluvchi 1 dona “Tropikamid” va 6 dona “Zardeks” nomli dori vositalarini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

 

Shuningdek, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 329 dona “Karbamazepin”, 45 dona “Zardeks” va 27 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

 

 Shu bilan birga Mirobod tuman bo‘limi va DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda “F.M.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi S.R. xorijda ishlab chiqarilgan 2 dona “Zardeks”  deb nomlangan dori vositasini xaridorga 40 ming so‘mga sotganligi aniqlandi.

 

 Bundan tashqari, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 101 dona “Zardeks”, 68 dona “Regapen”, 20 dona “Tropikamid” topilgan. 

 

 Qo‘lga olingan shaxs S.R.ning shaxsiy avtomobilidan 120 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

 Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 Eslatib o‘tamiz, bundan avval Jizzahda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingani hamda zangiotalik fuqaro 915 million so‘mlik remdisivir dori vositasini 12 ming AQSH dollariga sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Shirin shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ham ushlangan edi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика