1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kustanaydagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida 19-oktabr kuni muddatidan oldin ovoz beradi

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Kustanaydagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida 19-oktabr kuni muddatidan oldin ovoz beradi

 

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. 14-20 oktabr kunlari Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish mumkinligi haqida xabar bergandik. Unda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi. 

 

Yurtimizning Qozog‘istondagi elchixonasi vakillari joriy yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga muddatidan oldin ovoz berish nuqtalarini tashkil etish masalasini muhokama qilish uchun Kustanay viloyati Rudniy shahar maʼmuriyati, migratsiya xizmati va jamoat tashkilotlari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, shahar mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida 19-oktabr kuni Rudniy shahrida muddatidan oldin ovoz berish nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Qayd etilishicha, o‘zbek diplomatlari Rudniy shahrida vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ham uchrashdi. Vatandoshlarimiz bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish tartibi tushuntirildi.

 

O‘zbekiston elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, yurtdoshlarimiz uchun Rudniy shahrining Taraqqiyot va ijod saroyi binosida muddatidan oldin ovoz berish nuqtasi tashkil etiladi.

 

Avvalroq saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklifi, MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi, shuningdek, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика