1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kuzda Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari uch baravar ko‘paydi

WSJ gazetasi tahlilchilari Ukraina Havo kuchlari tomonidan har kuni eʼlon qilinadigan hisobotlarni o‘rgandi.

Kuzda Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari uch baravar ko‘paydi

Unga ko‘ra, 2024 yilning sentyabr-noyabr oylarida Rossiya Ukraina hududiga 6000 dan ortiq raketa va dron uchirgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning iyun-avgust davridagidan uch baravar, 2023 yil kuziga nisbatan esa to‘rt baravar ko‘pdir.

 

"Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi uch oy ichida Rossiya tomonidan uchirilgan o‘q-dorilarining 92 foizini dronlar va o‘lja sifatidagi uchuvchisiz qurilmalar tashkil qilgan. Ukraina havo mudofaasi oktyabr oyida ularning deyarli barchasini — 93 foizini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Rossiya tomonidan uchirilgan ballistik va gipertovushli raketalarning atigi 8 foizi to‘xtatib qolingan", — deb yozadi The Wall Street Journal.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика