1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

"Mahalliy aholiga nisbatan majburlov bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritish maqsadida ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda” — Erbol Sultanbayev

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kortej mashinasida o‘tayotgan vaqt aholi uni bayroqlar bilan kuzatib qolgan.

"Mahalliy aholiga nisbatan majburlov bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritish maqsadida ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda” — Erbol Sultanbayev

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov korteji o‘tib ketayotgan vaqtda aholi yo‘l chetida turib bayroqlarni hilpiratayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

 

Aytishlaricha, Jalolobod viloyati "Barpi" qishlog‘ida ishlayotgan ishchilarni shu kuni ko‘chaga chiqib davlat rahbari o‘tayotgan vaqtida  bayroqlarni hilpiratishga  majbur qilishgan. 

 

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli bahs-munozaraga sabab bo‘lgan.  Aksariyat foydalanuvchilar hokimiyat vakillarining bunday xatti-harakatidan norozi ekanini bildirgan. Mahalliy aholini ko‘chaga chiqishga majburlagan amaldorlarni jazolashni talab qilishgan.

 

"Sadir Japarov bu kabi tashabbuslarga qarshi. Barcha holatlar, jumladan, mahalliy aholiga nisbatan majburlov bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritish maqsadidа ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda”, — dedi prezident matbuot kotibi Erbol Sultanbayev.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика