Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Rossiya rahbari Vladimir Putin yaqin orada Donbasda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishini tashkil etishga kelishib oldi. Shuningdek, yangi xavfsizlik arxitekturasini belgilash masalasi ham ko‘ndalang turibdi.
Bu haqda Yelisey saroyi xabar bermoqda.
Fransiya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat rahbari mustahkamlashga kelishib olgan diplomatik ishning natijasi Yevropada tinchlik va xavfsizlikning yangi arxitekturasini belgilovchi sammit bo‘lishi kerak.
O‘z navbatida, Reuters agentligining yozishicha, Rossiya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari yaqin kunlarda Yevropada xavfsizlik masalalari bo‘yicha sammit tashkil etish masalasini ham muhokama qiladi.
Shuningdek, G7 mamlakatlari vakillari Rossiyadan Ukraina chegaralari yaqinida harbiy ishtirokini kamaytirishini kutishmoqda.


