1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Piyodaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan “Matiz” haydovchisi 20 yoshli fuqaro ekani aniqlandi

Avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Piyodaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan “Matiz” haydovchisi 20 yoshli fuqaro ekani aniqlandi

 

Kitob tumanidagi markaziy dehqon bozori atrofida harakatlanib ketayotgan “Matiz” haydovchisi piyodaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqoratlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

 

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Kitob tumani IIB YXHB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlarini amalga oshirildi. Olib borilgan qidiruv jarayonlarida qoidabuzar haydovchi shaxsiga aniqlik kiritildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, o‘rganishlar davomida fuqaro Kitob tumani “Alaqo‘yliq” MFYda tug‘ilgan 20 yoshli B.A ekanlgi aniqlandi.

 

Unga qonunda ko‘rsatilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda YPX xodimini kapotda sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rilgani, yo‘l harakati qoidalarini zid ravishda boshqargan haydovchilar aniqlangani hamda Toshkent viloyatida yuk mashinasi 7 ta mashina bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика