1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

U 50 ming dollar olayotganda ushlangan.

Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

 

Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev 50 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘iga nisbatan sud hukmi o‘qilgandi. Shuningdek, Buxoro shahar hokimligi sobiq mulozimi firibgarlikka qo‘l urgani, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora olayotganda ushlangani hamda Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика