1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Murakkab operatsiyalar narxi O‘zbekistonda 10 barobar arzon

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan aziyat chekmoqda. Ulardan 500 nafari jigar transplantatsiyasiga muhtoj.

Murakkab operatsiyalar narxi O‘zbekistonda 10 barobar arzon

 

Shu kungacha akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtrilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 10 nafar bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi.

 

Mazkur markaz direktori Saidmurod Ismailovning SSV Matbuot xizmatiga  murakkab operatsiyalar narxi va davomiyligini shunday izohlaydi:

 

 “Bunday noyob operatsiya uchun Hindistonga borsangiz o‘rtacha 45 ming dollar mablag‘ talab qilinadi. Rossiyada bu narx yana-da qimmatlashadi, yaʼni  70 ming dollar atrofida. Belarus davlatida jigar transplantatsiyasini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar esa qariyb 165 ming dollar to‘lashi kerak. Eng yuqori narx AQSHda – taxminan 200 ming dollar”.

 

Maʼlum bo‘lishicha,  bu turdagi operatsiyani o‘tkazishga ketadigan sarf-xarajatlar donor va bemor uchun o‘rta hisobda 18-20 ming dollarga to‘g‘ri keladi.  Ammo  bu raqamlarni ko‘pchilik yanglish tushunadi. Sababi, jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarni order tizimi asosida davolash yo‘lga qo‘yilgan.  Bunday vaziyatda faqat donor operatsiyasi, yaʼni jigarning bir bo‘lagini olish uchun bemorning oilasi tomonidan maʼlum miqdorda mablag‘ to‘lanadi. 

 

S.Ismailovning ta'kidlashicha, yurak va o‘pka yetishmovchiligi terminal bosqichidagi bemorlar orasida ham transplantatsiya amaliyotiga muhtojlar anchagina. Bu operatsiyalar bahosi Rossiyada 100 ming, Belarusda 200 ming, AQSHda 250 ming dollar atrofida. O‘zbekistonda esa narx ko‘rsatkichlari Okeanorti mamlakatiga nisbatan qariyb 10 barobar arzon.

 

O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 750 mingta jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Ulardan  24 mingdan ortig‘i  respublika tasarrufidagi klinikalarda, 550 mingtasi viloyat markazlarida, 170 mingtasi esa tuman miqyosida o‘tkazilmoqda.

 

Shu bilan birga, murakkab kardioxirurgik amaliyot hisoblangan “aorta-koronar shuntlash” operatsiyasi uchun Rossiya va Hindistonda 8 mingdan 18 ming dollargacha to‘lov qilish zarur.

 

Yevropa davlatlarida esa 20-30 ming dollar talab qilinadi.

 

AQSHda bu ko‘rsatkich 40-50 ming dollarni tashkil qiladi.

 

O‘zbekistonda  yurak sohasidagi murakkab operatsiyalar uchun  3-4 ming dollar miqdorda to‘lov qilinmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2022-yilgacha O‘zbekistonda yiliga 50 ta yurak ko‘chirib o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, yurtimizda jigar transplatatsiyasi oqibatida 32 yoshli bemor vafot etgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика